Kurs UZS

USD

12 953.20

15.09

EUR

14 058.11

-18.55

RUB

151.13

1.14

IIV voizi Mubashshir Ahmad qidiruvga berilgani fonida fuqarolarni ogohlantirdi

Jamiyat

image

Avvalroq, diniy olim va bloger – “Azon Global” axborot-tahliliy portali asoschisi Mubashshir Ahmad (Alisher Ahmadovich Tursunov)ga nisbatan qidiruv e’lon qilingani haqida xabar berilgandi. Bu xabar ijtimoiy tarmoqlarda turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Shundan so‘ng Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov qidiruvdagi shaxs haqida turli axborotni ommaviy tarqatish javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirdi.

“Ma’lum qilamizki, haqiqatdan ham 1974 yilda tug‘ilgan fuqaro Tursunov Alisher Ahmadovichga nisbatan Shayxontohur tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 2443-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hamda tergov doirasida ayblanuvchi sifatida jalb qilinib, mazkur fuqaroga nisbatan rasmiy qidiruv e’lon qilingan”, deydi G‘iyosov.

G‘iyosov “hozirda ushbu shaxsni tergov organlaridan yashiringanligini inobatga olgan holda”, fuqarolardan Mubashshir Ahmad haqida ma’lumotga ega bo‘lgan taqdirda eng yaqin ichki ishlar organlariga yoki 102 qisqa raqamiga xabar berishlarini so‘ragan.

“Eslatib o‘tamiz, jinoyat ishi doirasida rasmiy qidiruvda bo‘lgan shaxs haqida tasdiqlanmagan hamda tergovni har tomonlama, to‘la va xolisona yuritishga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan axborotni ommaviy tarqatish tergov qilishga aralashish sifatida baholanishi hamda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 236-moddasiga (Tergov qilishga yoki sud ishlarini hal etishga aralashish) asosan javobgarlikka tortish uchun asos bo‘lishi mumkin”, deydi IIV voizi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Shaxsga qidiruv e’lon qilinganligi haqidagi axborot Ichki ishlar vazirligi Huquqiy statistika va tezkor-hisob ma’lumotlar bosh markaziga kiritish jarayonida Jinoyat kodeksining 2442-moddasi (Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish) sifatida yozilgan bo‘lib, texnik xatoga yo‘l qo‘yilganligi aniqlangandi. Aslida esa unga nisbatan Jinoyat kodeksining 2443-moddasi (Diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Mubashshir Ahmad

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing