IIV vaziri buyrug‘i bilan qator tayinlovlar amalga oshirildi

Jamiyat

image
Toshkent bojxona boshlig‘iga bir yo‘la 3 o‘rinbosar tayinlandi north_east

Toshkent bojxona boshlig‘iga bir yo‘la 3 o‘rinbosar tayinlandi

Ichki ishlar vazirining joriy yil 25 fevraldagi buyrug‘i bilan bir qator tayinlovlar amalga oshirildi.

Podpolkovnik Orinbayev Amanbay Tleubayevich IIV Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari – jamoat tartibini saqlashni tashkillashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Amanbay Orinbayev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Shuningdek, polkovnik Muxammadjonov Muzaffar Muxammadsolixovich IIV Nazorat-taftish inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar, Muzaffar Muxammadjanov Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari - moliya va moddiy - texnika ta’minoti boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

Podpolkovnik Xoliqov Azimjon Yusupovich Buxoro viloyati IIB boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari  lavozimiga tayinlandi. Azimjon Xoliqov bunga qadar Buxoro tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Navoiy viloyati IIB Patrul - post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelgan podpolkovnik Ibragimov Sherzod Shokirovich Navoiy viloyati IIB boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari  lavozimiga tayinlandi.

Bundan tashqari, podpolkovnik  Gaziyev Xabibulla Ubaydullayevich Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari - moliya va moddiy - texnika ta’minoti boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlaydigan bo‘ldi. Tayinlovga qadar Xabibulla Gaziyev IIV Moliya va moddiy - texnika ta’minoti bosh boshqarmasi moliya - iqtisod boshqarmasi ish haqini me’yorlash bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Polkovnik Ximmatov Ismail Ibragimovich esa Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari - moliya va moddiy - texnika ta’minoti boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi, Voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatini tashkil etish hamda jamoatchilik uyushmalari bilan hamkorlik qilish boshqarmasi, jamoat uyushmalari bilan hamkorlik qilish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

71

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing