IIV tuzilmasida qator tayinlovlar amalga oshirildi

Jamiyat

image

Ichki ishlar vazirligida qator tayinlovlar amalga oshirildi. Mazkur o‘zgarishlar ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan tasdiqlandi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar berdi.

Quyidagilar rahbarlik lavozimlariga tayinlandi:

Polkovnik Aliaxmed Omonovich Choriyev Toshkent shaxar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari-kadrlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Aliaxmed Choriyev Toshkent viloyati IIBB boshlig‘ining o‘rinbosari-kadrlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Polkovnik Dilmurod Panjiyevich Xudjaqulov Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari-kadrlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Dilmurod Xudjaqulov yangi davozimga qadar Toshkent viloyati IIBB Tashkiliy boshqarma boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Polkovnik Sherzod Abdivaliyevich Shermuxamedov Toshkent viloyati IIBB Bo‘stonliq tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Sherzod Shermuxamedov Toshkent viloyati IIBB boshlig‘ining birinchi mintaqaviy hudud bo‘yicha vakili – markaz boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Polkovnik Nizom Rabbimovich Xubbimov Toshkent viloyati IIBB boshlig‘ining uchinchi mintaqaviy hudud bo‘yicha vakili – markaz boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Yangi lavozimga qadar Nizom Xubbimov Toshkent viloyati IIBB Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

Podpolkovnik Og‘abek Xusannazirovich  Nurmetov Toshkent viloyati IIBB Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Mazkur lavozimgv qadar Og‘abek Nurmetov Toshkent viloyati IIBB Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari-jamoat tartibini saqlash va maxsus muassasalar faoliyatini tashkillashtirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

210

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing