IIV koloniyada ochlik e’lon qilgan mahbuslar bo‘yicha ma’lumot berdi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistondagi jazoni o‘tash koloniyasida 5 nafar mahkum ochlik e’lon qilgani haqida xabarlar tarqaldi. Unda Navoiy viloyatida joylashgan 5-koloniyada mahkumlar ma’muriyatga kuydirish pechidan issiq g‘isht olish va yuklash uchun yangi qo‘lqop hamda poyabzal berish to‘g‘risidagi murojaatlari uchun jazolangani bildirilgan. 

Shuningdek, xabarda “koloniya boshlig‘i va tartib bo‘limi boshlig‘i ularning iltimosiga shafqatsizlarcha munosabatda bo‘lgani va qiynoqqa solgani, keyin esa izolyatorga joylashtirgani” bayon qilingan. Shundan so‘ng mazkur vaziyatga e’tiborni tortish uchun 10 nafar mahkumdan 5 nafari ochlik e’lon qilgan.

Mazkur xabarlar yuzasidan IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yil 3 oktyabr kuni Navoiy viloyat IIBga qarashli koloniyada og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etgani uchun jazoni o‘tayotgan bir necha mahkum ishga chiqishdan bo‘yin tovlagan. Koloniya ma’muriyati tomonidan ularni intizomiy bo‘linmaga yuborish tarzidagi qonuniy choralar ko‘rilgan. 

Mazkur bo‘linmada kechki ovqat berilishi chog‘ida mahkumlar o‘zlariga qo‘llangan choraga norozilik tarzida ovqatlanishdan bosh tortgan. Ular bilan tushuntirish ishlari olib borilganidan so‘ng ushbu holatga barham berilgan. 

“Ushbu vaziyatda koloniya ma’muriyati qonunchilik talablariga rioya etgan holda harakat qilgan, mahkumlarga nisbatan jismoniy yoki ruhiy bosim o‘tkazilmagan. Mazkur koloniyada jazo o‘tayotganlar tomonidan suitsid holatlari kuzatilmagan”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Navoiy IIV koloniya

Baholaganlar

116

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing