IIV Qamchiq dovonida harakatlanuvchi haydovchilarni ogohlantirdi
Jamiyat
−
22 yanvar 2021
4191O‘zbekistonga kirib kelgan noqulay ob-havo sharoiti tufayli Qamchiq dovonida qor yog‘ib, havo harorati -16 darajaga tushib ketgan. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi dovonda harakatlanuvchi haydovchilarni ogohlantirdi.
YHXBB barcha haydovchilardan qoidalarga amal qilib, oraliq masofani saqlagan holda harakatlanishlari hamda gaz va tormoz tepkisini keskin bosmasliklarini so‘ragan.
Shuningdek, haydovchilar zaruratsiz tungi vaqtlarda transport vositasida harakatlanmaslik to‘g‘risida ogohlantiilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston hududida sovuq ob-havo saqlanib qolishi haqida xabar berilgan edi.
LiveBarchasi
Farg‘onada qiymati 76 mln so‘mlik “paqqilloqlar” ushlandi
07 noyabr 2023
Shavkat Mirziyoyev Qatar sobiq bosh vazirini qabul qildi
07 noyabr 2023
Falastin Bosh vaziri Muhammad Shtaye G‘azodagi urush sabab halok bo‘lgan bolalar haqida gapirayotib yig‘lab yubordi
07 noyabr 2023