IIV ikkita qonunni birlashtirishni taklif qilyapti

Jamiyat

image

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi yildagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi va “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi qonunlarni bir butunga birlashtirishni taklif qildi. Tegishli qonun loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirildi.

Loyihada asosiy tushunchalar kengaytirildi, xususan quyidagi tushunchalar qo‘shildi:

•    iqtisodiy zo‘rlik;
•    ijtimoiy vaziyati og‘ir bo‘lgan shaxs;
•    ijtimoiy profilaktika;
•    oila-turmush munosabatlari doirasidagi huquqbuzarlik;
•    profilaktik suhbat;
•    ruhiy zo‘rlik;
•    qo‘riqlanuvchi shaxslar;
•    huquqbuzarlik sabablari;
•    huquqbuzarlik sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar;
•    himoya orderi va boshqalar.

Qonun huquqbuzarliklar profilaktikasining vazifalari, tamoyillari va turlarini bayon etadi, ushbu jarayonni amalga oshiruvchi yoki unda ishtirok etuvchi har bir organning vakolatlari batafsil ko‘rib chiqiladi.

Idoralararo komissiyalarning huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etishdagi roliga alohida bob bag‘ishlangan. Qonun loyihasida huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish reglamentlanadi, bu sohada faoliyatni tashkil etish jarayonining barcha jihatlari bayon etiladi.

Loyiha 18 sentyabrgacha muhokama etiladi. Bu vaqt oralig‘ida loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

IIV huquqbuzarlik

Baholaganlar

138

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing