IIV Buxorodagi avtobus halokati bo‘yicha ma’lumot berdi

Jamiyat

image

Avvalroq, Buxoro viloyatida xalqaro reysda harakatlanuvchi avtobus yo‘l-transport hodisasiga uchragani haqida xabar bergan edik.

O‘zbekiston IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi mazkur YTH bo‘yicha ma’lumot berdi.
Kecha, 4 avgust kuni, soat 18:30 larda Buxoro viloyati, Jondor tumani hududidan o‘tgan A-380 “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yo‘lining 299-kilometrida, Qozog‘iston Respublikasi fuqarosi, Turkiston viloyati, Chimkent shahrida yashovchi, 1978 yilda tug‘ilgan A.R. Van Hool rusumli avtobusini boshqarib borayotib, noma’lum sabablarga ko‘ra rul boshqaruvini yo‘qotgan va avtobus yo‘l chetiga ag‘darilgan.

Ushbu yo‘l-transport hodisasi natijasida avtobusdagi yo‘lovchilardan biri voqea joyida halok bo‘lgan. 10 nafar yo‘lovchi turli darajadagi tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan. Qozog‘iston Respublikasi fuqarosi A.R. boshqaruvidagi Van Hool rusumli, KZ 545 APB 13 davlat raqam belgili avtobus “Almati-Nukus” xalqaro yo‘nalishida yo‘lovchi tashish faoliyatini amalga oshirgan.

Hozirda mazkur yo‘l-transport hodisasining kelib chiqish sabablari o‘rganilib, dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Buxoro

Baholaganlar

87

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing