IIV boshqaruvidagi muassasalar autsorsing tizimiga o‘tkaziladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ichki ishlar organlari tizimida ovqatlanishni tashkil etish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida xabar berildi.

Qarorga muvofiq, ichki ishlar organlari tizimida taomlar turlari xilma-xillashtiriladi va ovqat tayyorlash sifati yaxshilanadi.

IIVning harbiy qismlarida, ta’lim muassasalarida, vaqtincha saqlash hibsxonalari va davolash muassasalarida ovqat tayyorlash uchun autsorsing tizimi joriy etiladi.

Autsorserga ovqatlanishni tashkil qilish uchun oshxonalarning ishlab chiqarish xonalari, asbob-uskunalari, idish-tovoqlari va mebellari nol stavkada ijaraga beriladi.

Ovqat tayyorlash uchun foydalaniladigan mahsulotlar sanitariya va gigiyena qoidalariga hamda boshqa normativ talablarga mos bo‘lishi lozim.

Autsorsing tizimiga o‘tish munosabati bilan tejalgan mablag‘lar tizimning ovqatlanish sharoitlarini yaxshilashga yo‘naltiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

qaror autsorsing

Baholaganlar

27

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing