IIV Akademiyasida ikki bosqichli oliy ta’lim tizimi joriy etiladi

Jamiyat

image

“Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. 

Qarorga ko‘ra, 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab, Ichki ishlar vazirligining Akademiyasida kadrlarni tayyorlash jarayoniga bakalavriat va magistraturani o‘z ichiga oluvchi ikki bosqichli oliy ta’lim tizimi joriy etiladi.

Bakalavriat bo‘yicha o‘qitish kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllarida tashkil etiladi.

Magistratura bo‘yicha o‘qitish rahbar kadrlarni tayyorlashga qaratiladi hamda ikkinchi darajadagi “tashkiliy-taktik boshqaruv” va birinchi darajadagi “tashkiliy-strategik boshqaruv” yo‘nalishlarida tashkil etiladi.

Magistraturaning har bir yo‘nalishi bo‘yicha o‘qish muddati 1 yilni tashkil etadi.

Shuningdek, IIV akademik litseylarining huquqshunoslik fani bo‘yicha idoraviy fan olimpiadasi g‘olibi bo‘lgan bitiruvchilarining Akademiyaga o‘qishga qabul qilinishi uchun faqat maxsus kasbiy tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tishlari yetarli hisoblanadi.

2021 yil 1 sentyabrdan ichki ishlar organlarining serjant tarkibidagi lavozimlarida xizmatni o‘tash uchun faqat oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar qabul qilinadi.

2021 yil 1 sentyabrdan ichki ishlar organlarining safdor tarkibidagi lavozimlariga nomzodlar faqat idoraviy akademik litseylar, harbiy-akademik litseylar bitiruvchilari, profilaktika inspektorining yordamchilari, shuningdek, oliy ma’lumotga ega yoki sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha tahsil olayotgan shaxslar orasidan qabul qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

201

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing