IIV hududiy tuzilmasida 7 nafar yangi rahbar tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining  hududiy tizimlarida rahbarlik lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda Vazirlik Matbuot xizmati xabar berdi.

Quyidagilar vazirlikning hududiy tuzilmalarida rahbar etib tayinlandi:

Podpolkovnik Baxtiyar Ismandiyarovich Torebekov – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga;

Podpolkovnik Polat Konыsbayevich Iskenderov – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Shumanay tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga;

Podpolkovnik Jasurbek Urazbayevich Kamalov – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatosh  tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga;

Podpolkovnik Isak Mamutjanovich Saliyev – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli  tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga;

Podpolkovnik Bunyod Arziqulovich Jo‘raqulov – Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga;

Podpolkovnik Doniyor Ne’matovich Hamidov – Andijon viloyati Oltinko‘l tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga;

Mayor Jasurbek Raxmonjonovich Xudoyberdiyev – Andijon viloyati Andijon tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga.


Maqola muallifi

Teglar

IIV tayinlov

Baholaganlar

53

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing