IIV hududiy tuzilmasida 10 ga yaqin tayinlov amalga oshirildi
Jamiyat
−
10 avgust 2019 9933 2 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining hududiy tizimlarida qator tayinlovlar amalga oshirildi.
Quyidagilar rahbarlik lavozimlariga tayinlandilar:

Podpolkovnik Ulug‘bek Baxrom o‘g‘li Xudoyberganov – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga;

Podpolkovnik Boborahim Egamberdiyevich Mirzayev – Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga;

Podpolkovnik O‘ktam Yodgorovich Mustafoqulov – Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga;

Podpolkovnik Oybek Turg‘unovich Abdullayev – Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga;

Polkovnik Ravshanjon Mehmonqo‘ziyevich Jo‘rayev – Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – moliya va moddiy-texnika ta’minoti boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga;

Podpolkovnik Ulug‘bek To‘rabekovich Jo‘rayev – Toshkent viloyati Bekobod tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga;

Podpolkovnik Dilshod To‘rayevich Gaziyev – Toshkent viloyati Parkent tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga;

Podpolkovnik Azizbek Aliasqarovich Aliasqarov – Toshkent viloyati Ohangaron tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga;

Polkovnik Otabek G‘anibekovich G‘anibekov – Toshkent viloyati Bo‘ka tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga.
Avvalroq, Toshkent shahrining Mirobod tumani IIO FMBga yangi rahbar tayinlangani haqida xabar bergan edik.
Live
Barchasi