IIBBga ishga kiritib qo‘yish uchun 5 ming dollar olgan shaxs ushlandi 

3-sahifa

image

Toshkent viloyatidagi Angren va Olmaliq shaharlarida pora evaziga ishga kiritib qo‘yish va o‘qimasdan turib haydovchilik guvohnomasi olib berish bo‘yicha firibgarlik holati fosh etildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Angren shahrida yashovchi, 1974 yilda tug‘ilgan fuqaro huquq-tartibot idoralaridagi mansabdor tanishlari orqali boshqa bir fuqaroni Toshkent viloyati Ichki ishlar Bosh boshqarmasiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 5000 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Boshqa holatda esa Olmaliq shahrida joylashgan xususiy avtomaktab direktorining o‘rinbosari mahalliy fuqaroga o‘quv kurslariga qatnashmasdan, haydovchilik guvohnomasini olib berish evaziga 3000 AQSH dollari olgan vaqtida ushlangan. Ta’kidlanishicha, avtomaktab direktori o‘rinbosari muqaddam Jinoyat Kodeksining 166- (talonchilik) va 277- (bezorilik) moddalari bilan sudlangan.

“Hozirda har ikkala qonunbuzarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan”, deyiladi xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyatida o‘qishga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq firibgarlik holati fosh etilgandi.

Ulkanbayeva Rayhona


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

pora firibgarlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing