IIBB “UzReport TV” xodimiga tajovuz bo‘yicha axborot berdi
Jamiyat
−
16 yanvar 2021
7738Avvalroq Toshkent shahri Chilonzor tumanida “UzReport” telekanalining “No comment” dasturini suratga olish vaqtida telekanal xodimi ikki fuqaro tomonidan hujumga uchragani hamda tasvirga olish kamerasi sindirilgani haqida xabar bergan edik. Toshkent shahar IIBB holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, mazkur voqea yuzasidan hududiy profilaktika inspektori tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko‘rish uchun Toshkent shahar Chilonzor tumani ma’muriy sudiga yuborilgan. To‘plangan hujjatlarga asosan, Jaxongir va Ayubxonga O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 183-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgani uchun jarima jazosi tayinlangan.
Lavhada qayd etilgan holat bo‘yicha profilaktika inspektorining harakatlari qonuniyligini tekshirish maqsadida Toshket shahar IIBB tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda, yakuni bo‘yicha qonuniy baho beriladi.
Telekanal mutasaddilariga sudning qaroridan norozilik holati bo‘yicha o‘rnatilgan tartibda yuqori turuvchi sudga murojaat qilishi mumkinligi tushuntirilgan.
LiveBarchasi