IIBB: Toshkent ko‘chalarida 3 mingdan ortiq qoidabuzarlik qayd etildi

Jamiyat

image

O‘tgan bir necha kunda Toshkent shahrida yo‘l harakati qoidasining buzilishi bo‘yicha 3002 ta bayonnoma tuzilgan, shundan 697 tasi qo‘pol qoidabuzarlik holatlari bo‘yicha rasmiylashtirilgan.  Bu haqda Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati xabar berdi.

Jumladan, 55 ta bayonnoma svetoforning taqiqlovchi belgisidan o‘tish, 6 ta mast holda transport vositasini boshqarish, 76 ta bayonnoma mumkin bo‘lmagan joyda to‘xtab turish va 2 ta bayonnoma tegishli ruxsatnomasiz tonirovka qilish holati bo‘yicha tuzilgan.

Yo‘l harakati qoidasini buzganlik uchun 171 nafar piyoda jarimaga tortilgan.

Statsionar va ko‘chma radarlar 810 ta tezlik oshirish holatini qayd etgan.

Shuningdek, o‘tgan kunlarda 9 ta yo‘l belgisi o‘rnatildi, 15 ta yo‘l belgisi almashtirildi, 7 ta yo‘l belgisi qayta tiklandi, 13 ta yo‘l belgisi ta’mirlandi, 959,71 kv metr avtomobil yo‘llari qayta markirovka qilindi, 7 ta piyodalar o‘tish joyi yangilandi.


Maqola muallifi

Teglar

yo'l qoidabuzarlik

Baholaganlar

52

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing