Toshkentda uchar sharlar portlashi oqibatida 3 kishi jarohatlandi
Jamiyat
−
15 fevral 2019
1505015 fevral kuni soat 00.20 da “102” raqamiga Yashnobod tumanidan shoshilinch xabar kelib tushdi, deya xabar bermoqda poytaxt IIBB.
Qayd etilishicha, 6-tug‘ruq majmuasi yonida turgan “Kaptiva” avtomobili salonida tabiiy gaz bilan to‘ldirilgan sharlar portlab ketgan. Oqibatda 3 kishi jarohatlanib, shifoxonaga yotqizilgan.
Surishtiruvlar chog‘ida mashinada gaz bilan to‘ldirilgan 20 dona shar bo‘lgani aniqlangan. Salondagi uch yigit esa sigareta chekayotgan bo‘lgan. Portlash natijasida ularning qo‘li va yuzlari kuyib ketgan.
“Hurmatli fuqarolar! Havo sharlarini xarid qilish hamda foydalanishda ehtiyot bo‘lishingizni so‘raymiz. Xarid paytida “havo” shari aynan geliy bilan to‘ldirilganiga ishonch hosil qiling. Boshqa “yengil” gazlar tez alanga olishi va yong‘in keltirib chiqarishini unutmang. Havo sharlari yonida sigareta chekmang”, deyiladi IIBB xabarida.