IIBB firibgarlikning yangi turidan ogohlantirdi

Jamiyat

image

Firibgarlar Telegram platformasida “Telegram premium 1 yil muddatga yangi yilga sovg‘a” mazmunidagi xabarlar yuborib, platforma foydalanuvchilarini chuv tushirmoqda. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Bildirilishicha, havola ko‘rinishidagi bunday xabarlar yaqin tanishlar tomonidan yuboriladi. Aslida esa bu xabar tanishlar tomonidan emas, balki firibgarlar tomonidan jo‘natiladi.

“Agar kelgan xabarni ichiga kirib ko‘rsangiz, sizning nomingizdan ham shunday xabarlar kontaktingizdagi tanishlaringizga yuboriladi. Shuningdek, telefoningizga tushgan virus shaxsiy ma’lumotlaringizni o‘g‘irlaydi. Bank plastik kartangizdagi pullar yechib olinadi”, deyiladi xabarda.

IIBBga ko‘ra, fuqarolarning telefoniga bunday xabarlar kelsa, uni zudlik bilan o‘chirib tashlash kerak.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq IIBB firibgarlar tomonidan Telegram orqali yuqori lavozimlarda ishlovchi vazirlik, idora va turli xil tashkilotlar rahbar hamda mas’ul xodimlari nomidan soxta profillar yaratilib, qo‘l ostidagi xodimlarni aldash holatlari kuzatilayotgani haqida xabar bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

IIBB firibgarlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing