IIBB haydovchilarga chorrahada harakatlanish bo‘yicha eslatma berdi
Jamiyat
−
16 noyabr 2019
6195Chapga yoki o‘ngga burilayotgan haydovchi kesishayotgan yo‘lning qatnov qismidan o‘tayotgan piyoda(lar)ga, shuningdek velosiped yo‘lkasidan yo‘lni kesib o‘tayotgan velosipedchi(lar)ga yo‘l berishi kerak. Bu haqda IIBB xabar berdi.
“Haydovchi tirbandlik tufayli majburiy to‘xtab, ko‘ndalang yo‘nalishdagi transport vositalarining harakatlanishiga to‘sqinlik tug‘diradigan bo‘lsa, chorraha yoki qatnov qismlari kesishmasiga kirishi taqiqlanadi.
Harakatlanish navbati svetofor yoki tartibga soluvchining ishoralari orqali aniqlanib boshqarilayotgan chorraha — tartibga solingan chorraha hisoblanadi.
Miltillovchi sariq ishora yonib-o‘chayotgan, svetoforlar ishlamayotgan yoki tartibga soluvchi bo‘lmagan chorraha — tartibga solinmagan chorraha hisoblanadi. Haydovchilar tartibga solinmagan chorrahalardan o‘tish qoidalariga hamda chorrahada o‘rnatilgan imtiyoz belgilariga amal qilishlari shart.
Aylanma harakatlanish chorrahasida harakatlanayotgan transport vositalari aylanaga kirib kelayotgan transport vositalariga nisbatan ustunlikka (imtiyozga) ega”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi