IIB: Madina Muxtorovaning o‘g‘li akasi unga tan jarohati yetkazganini aytmoqda

Jamiyat

Avval xabar berganimizdek, Yunusobod tumani 7-sonli IIB binosida muhokamalarga sabab bo‘lgan Madina Muxtorovaning farzandi masalasida matbuot anjumani o‘tkazildi. 

Uchrashuv avvalida Madina Muxtorovaning kichik farzandi bilan bog‘liq ish masalasida Yunusobod tumani IIB boshlig‘i o‘rinbosari, tergov bo‘limi boshlig‘i Zafar Alimov ma’lumot berib o‘tdi. 

“Videotasvirlardagi bola Mirfayz Alimjonov onasi Madina Muxtorova bilan istiqomat qilib keladi. U 2 yanvar kuni respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yuz va tana sohalarining ko‘plab qontalashlari va lat yeyishlari bilan murojaat qilgan. Shu kuni bolaning nomidan “102”ga murojaat kelib tushgan. Ichki ishlar bo‘limi bu ishni rasmiylashtirib, ko‘rib chiqishni boshlagan. Hozirda Yunusobod tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. 

Surishtiruvchi tomonidan ishtirokchilardan tushuntirish xatlari olingan. Sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Unga qarab baho beramiz. Tan jarohatlarining turlari mavjud”, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Tergov boshqarmasi boshlig‘i Zafar Alimov.  

Alimov bola qanday jarohatlar olgani, uning shifoxonaga qanday holda olib borilgani, badanida qanday tan jarohatlari, o‘lcham va ranglarigacha ekspertiza xulosalarida mavjudligini aytdi. Tergovga qadar tekshiruv vaqtida har bitta holat oshkor qilmasligi, tergov natijasiga ko‘ra umumlashtirilgan holda ma’lum qilinishi aytildi.

“Voyaga yetmagan shaxsdan MFY raisi, psixolog ishtirokida tushuntirish xatlari olingan. Bola va uning onasi bilan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda suhbatlashdik. Unda bolaning onasi bilan o‘tkazilgan birga bo‘lishida monelik qiladigan holat aniqlanmagan. Bolaning o‘zi tushuntirish xatlarida akasi tomonidan tan jarohatlari yetkazilganini ta’kidlab o‘tgan”, deydi tergov guruhi rahbari. 


Maqola muallifi

Teglar

IIB Madina Muxtorova

Baholaganlar

532

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing