IIV xodimlari 3 oyda 36 ta jinoyat sodir etdi
3-sahifa
−
11 aprel 5515 2 daqiqa
2026 yilning birinchi choragida Ichki ishlar vazirligi xodimlari tomonidan 36 ta jinoyat sodir etildi. Bu haqda bugun, 11 aprel kuni Ichki ishlar organlari faoliyati yuzasidan joriy yilning birinchi choragi bo‘yicha tahliliy hisobot mavzusida o‘tkazilayotgan matbuot anjumanida IIV vaziri o‘rinbosari – Tergov departamenti boshlig‘i Ramazon Ashrapov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, jinoyat sodir etgan xodimlarning 25 foizi jabrlanuvchilar murojaati asosida aniqlangan. Qolgan 75 foizi vazirlik tashabbusi asosidagi ichki tekshiruvlar bilan fosh etilgan.
Vazirlik rasmiysining qo‘shimcha qilishicha, qonunbuzar xodimlarning barchasi ishdan bo‘shatilib, to‘plangan hujjatlar ko‘rib chiqilish uchun prokuraturaga yuborilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining ikki nafar tezkor xodimi pora bilan qo‘lga tushgandi va ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.
Qolaversa, Toshkent viloyati Bekobod tuman Ichki ishlar bo‘limi Jinoyat qidiruvi bo‘limi tezkor xodimi mast holatda, oq rangli Nexia-3 rusumli avtomashinada 43 yoshli piyodani urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgandi. Ushbu avtohalokat oqibatida erkak vafot etgan.
IIB xodimi jinoyat izini yashirishga urinib, xotiniga qo‘ng‘iroq qilgan va Matizʼda u aytgan joyga yetib kelishini tayinlagan. So‘ng jasadni o‘zining Nexiaʼsidan Matizʼga olib o‘tgan. Uni voqea joyidan, taxminan, 35-40 km uzoqlikdagi “Do‘stlik” kanaliga oqizib yuborgan.
Live
BarchasiO‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi
12 aprel