II Xalqaro baxshichilik san’ati festivali qayerda o‘tkazilishi aniq bo‘ldi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston Prezidentining “II Xalqaro baxshichilik san’ati festivaliga tayyorgarlik ko‘rish va baxshichilik san’atini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Qarorga ko‘ra, 2021 yilda II Xalqaro baxshichilik san’ati festivali Nukus shahrida o‘tkaziladi.

Festivalni Qoraqalpog‘iston Respublikasida yuqori tashkiliy daraja va badiiy saviyada o‘tkazish bo‘yicha zaruriy chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Shuningdek, Festivalni joriy yilda o‘tkazish muddati sanitariya-epidemiologik vaziyatni inobatga olgan holda belgilanadi.

Eslatib o‘tamiz, I Xalqaro baxshichilik san’ati festivali Prezident tashabbusi bilan 2019 yil Surxondaryoda bo‘lib o‘tgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

93

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing