Iftorlikda nima yeyilsa to‘g‘ri bo‘ladi?

Bu qiziq

image

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan Ramazon oyida sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha e’lon qilingan tavsiyalarda iftorlik paytida iste’mol qilinishi kerak bo‘lgan taomlar sanab o‘tildi

Ma’lum qilinishicha, iftorlik chog‘ida sog‘lom va me’yorida ovqatlanib, quvvatni to‘ldirib olish muhim. Ro‘zani uchta xurmo yoki suv bilan ochish iftorlikni boshlashning an’anaviy va sog‘lom yo‘lidir. 

Xurmo odam tanasidagi ko‘plab a’zolarning to‘g‘ri faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydigan kletchatkaga boy ozuqa. 

AQSHdagi Cornell University mutaxassislarining yozishicha, ovqatlanishdan oldin suv ichish tanani suyuqlik bilan oziqlantirishning eng yaxshi yo‘lidir. 

 “Lekin ro‘zani ochiboq birdaniga ko‘p suv ichib yubormaslik lozim. Bu salomatlik uchun xavfli hisoblangan suv intoksikatsiyasiga olib kelishi mumkin”, deyiladi xabarda.

Organizmni muhim vitaminlar va ozuqa moddalari bilan ta’minlash uchun iftorlik taomnomasiga ko‘plab sabzavotlarni qo‘shgan afzal. 

Shuningdek, organizmni quvvat va kletchatka bilan ta’minlaydigan donli (yanchilmagan va tozalanmagan) mahsulotlarni iste’mol qilish maqsadga muvofiq. 

Pechda yoki grilda pishirilgan yog‘siz go‘sht, terisiz tovuq va baliq tanovul qilish orqali organizmingizni sog‘lom oqsillar bilan boyitishingiz mumkin. 

Umuman olganda, yog‘ va shakarga boy, qovurilgan hamda qayta ishlangan mahsulotlardan tiyilish kerak. Iftorlikdan so‘ng ko‘p shirinlik yeyish tavsiya etilmaydi. Buning o‘rniga, suvga boy mavsumiy mevalar, jumladan, olma iste’mol qilish foydali.

Iftorlik uchun JSST tavsiyalari:

  • uyda pishirilgan sabzavotli sho‘rva;
  • sabzavot va ko‘katlardan tayyorlangan salat;
  • qiyma qo‘shilgan sabzavotli taomlar (qovoq, baqlajon, tok bargiga o‘ralgan do‘lma);
  • pechda pishirilgan tovuq.

Ko‘p miqdorda suv ichish, ta’mni yaxshilash uchun taomga limon bo‘laklari va yalpiz qo‘shish mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Ro'za Iftorlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing