“Iflos, maraz...” Andijonlik hokimaning fermerlarni haqoratlagani yozilgan audio tarqaldi
Jamiyat
−
26 Oktabr 2020
40969Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati Bo‘ston tumani hokimasi Sadbarxon Mamitovaga tegishli ekani aytilayotgan ovozli yozuv tarqalmoqda. Ta’kidlanishicha, unda hokima Sadbarxon Mamitova fermerlarni haqoratlab, ularga dakki bergan.
Ovozli yozuvdan anglashilishicha, Sadbarxon Mamitova fermerlarni planni bajarmagani uchun koyigan.
U qarshisida turgan erkaklarni “maraz”, “iflos” deya haqorat qiladi.
“Paxta qilmaysan, iflos, o‘zingdan ketib, tuturuq. Kimsan sen? Qani soya? Nimaga kecha obormading? Soya bo‘lmasa, yeringdan umid qilma bittang”, deydi hokima vajohat bilan.
Eslatib o‘tamiz, Sadbarxon Mamitova hokima bo‘lguncha “Yuksalish” umummilliy harakati Andijon viloyati hududiy bo‘linmasi rahbari bo‘lgan. U joriy yilning 4 mart kuni hokimalikka tayinlangandi.