IFFHS 2023 yilning eng yaxshi futbolchisini e’lon qildi

Sport

image

Angliyaning “Manchester Siti” klubi va Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Xoland Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) tomonidan 2023 yilda dunyoning eng yaxshi futbolchisi, deb topildi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar berdi.

Ovoz berish natijalariga ko‘ra, Xoland 208 ochko jamg‘argan bo‘lsa, 2-o‘rinni 105 ochko bilan fransiyalik Kilian Mbappe egalladi. Kuchli uchlikni Amerikaning “Inter Mayami” klubi a’zosi Lionel Messi (85) yakunlab berdi.

Qayd etish joiz, bu mukofot Xoland uchun faoliyatidagi birinchisi hisoblanadi. 2022 yilda Messi 12 marta dunyoning eng yaxshi futbolchisi, deb tan olingan. O‘sha yili ham Mbappe 2-o‘rinda qayd etilgan.

2023 yilda dunyoning eng yaxshi ayol futbolchisi esa “Barselona” a’zosi Aytana Bonmati bo‘ldi. 25 yoshli Aytana joriy mavsum Ispaniya chempionatida 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va xuddi shuncha golli uzatmani amalga oshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi Kilian Mbappe Erling Xoland

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing