Idlibda Turkiya harbiy kuchlari Suriya armiyasiga zarba berdi
Olam
−
28 fevral 2020
7187Turkiya harbiylari Idlibda Suriya armiyasiga hujum qilmoqda. Bu haqda Turkiya Prezidenti ma’muriyatining aloqa bo‘limi boshlig‘i Faxrettin Altun ma’lum qildi.
Altunning so‘zlariga ko‘ra, turk harbiylari 20 dan ortiq turk askarining umriga zomin bo‘lgan havo hujumiga javoban havodan va quruqlikdan hujum qilmoqda.
Suriya samolyotlari hujumi oqibatida 22 nafar turk askarining halok bo‘lganligi ma’lum bo‘ldi. Voqea haqida Turkiya tashqi ishlar vaziri Myevlut Chavusho‘g‘lu NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg bilan telefon orqali suhbatlashgan.
Shuningdek, Turkiya harbiy kuchlari Sarakib shahrida yurgan jangarilarni qo‘llab-quvvatlagani haqida ma’lumotlar mavjud. Oy boshida Suriya qo‘shinlari bu shaharni ozod qilgan edi.
Fevral oyi boshida Idlibdagi vaziyat yanada og‘irlashdi. Shu sabab Turkiya va Rossiya delegatsiyalari vaziyat bo‘yicha muzokaralarning uchinchi raundi bo‘lib o‘tdi.
LiveBarchasi