Idlibda otishma natijasida halok bo‘lgan turk askarlari soni oltitaga yetdi

Olam

image

Idlibda Suriya hukumat armiyasi bilan to‘qnashuvlar natijasida olti nafar turk askari halok bo‘ldi. Bu haqda Turkiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.

"Bizning harbiy xizmatchilarimizdan biri va oddiy xizmatchi fuqaro, to‘qnashuvlarning oldini olish uchun Idlibga yuborilgan bo‘linmalarimizning o‘qqa tutilishi natijasida halok bo‘ldi. Shunday qilib, qurbonlar soni olti kishiga yetdi", deyiladi xabarda. 

Avvalroq Turkiya rahbari Rajab Toyib Erdo‘g‘an, rasmiy Anqara Suriya armiyasi tomonidan qilingan hujumlarni javobsiz qoldirmasligini aytgan edi. Idlibda Turkiya qurolli kuchlari amaliyoti davom etmoqda.

Idlibdagi vaziyat
Rossiya, Eron va Turkiya 2017 yil may oyida Ostonada (hozirgi Nur-Sulton) Suriyada to‘rtta dekalatsiya zonasini yaratishga kelishib olgan edilar. Ulardan uchtasi 2018 yilda rasmiy Damashq nazoratiga o‘tdi. Idlib va qo‘shni Latakiya, Xama va Halab viloyatida joylashgan to‘rtinchisi hali ham hukumat qo‘shinlari tomonidan ishg‘ol etilmagan. Xududning aksariyat qismi "Jabahat an-Nusra" terrorchilari tomonidan qo‘lga olingan.

2018 yil sentyabr oyida Sochida Rossiya va Turkiya Idlibda qurolsizlantirilgan zonani tashkil etish to‘g‘risida bitim imzolagan edilar. 

Idlibda o‘ndan ortiq turli xil guruhlar mavjud. Ularning eng yirigi, turkparast "Milliy ozodlik fronti" va "Jabahat an-Nusra" kabi jami 30 ming jangarilarning birlashmasidir.

Shu yilning yanvar oyi oxirida Suriya armiyasi Aleppo g‘arbiga hujum qilib, shaharning turar-joy hududlarini terrorchilardan tozalash maqsadida har kuni bombardimon qildi. Buning natijasida o‘nlab tinch aholi vakillari qurbon bo‘ldi. Uch kundan keyin Bashar Asad armiyasi 2012 yildan beri jangarilar nazorati ostidagi va ularning eng katta tayanch nuqtalaridan biri bo‘lgan Maaret Nuuman shahrini terroristlardan ozod qildi.

So‘nggi kunlarda Suriyaning Idlibga hujumlarni kuchaytirish fonida Anqara va uning ba’zi sheriklari rasmiy Damashq va Moskvani gumanitar binolar va turk harbiylariga zarba berishda ayblamoqda. 

Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, Idlibdagi vaziyat normallashmasa, Anqara jim turmaydi va buning uchun barcha zarur choralarni ko‘radi, shu jumladan harbiy kuch ham ishlatadi.

Nurulloh Sharipov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

40

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing