Qidiruvda bo‘lgan oilaviy firibgarlar Toshkentda qo‘lga olindi

Jamiyat

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan poytaxt hududida yashirincha yashab kelayotgan oilaviy firibgarlar qo‘lga olindi. 

Mazkur shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi, ya’ni firibgarlik jinoyatini sodir etgani uchun Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan qidiruvga berilgan edi. Jinoiy guruhni qo‘lga olishda tezkor xodimlarga nisbatan faol qarshilik ko‘rsatilgan. 

2017 yilning 10 mart kuni soat 12:30 larda Zulxumor Tojimatova ikki dona tilla uzuk va ikki dona tilla zanjirni 700 AQSH dollariga sotib olgan. Ammo xarid qilgan taqinchoqlari tilla emas, balki mis-metal qorishmasidan yasalgan edi. Firibgarlar esa o‘sha zahotiyoq  pulni olib ko‘zdan g‘oyib bo‘lgan.  

Keyinroq, Toshkent shahri Uchtepa tumanida joylashgan “Karvon” bozorida Hotam Boborahmatov firibgar ayollarning tuzog‘iga tushadi. 

Ayollar o‘z soxta rejasini puxtalik bilan amalga oshirgan. Sotuvchi va xaridor avval tillani zargar orqali tekshirtirishganda, hammasi risoladagidek haqiqiy tilla tekshirtiriladi. Xaridordan pul olingach, ushbu shakldagi qalbaki taqinchoqlar beriladi. 

Ayblanuvchi Odina Sohibova bu ishlar bilan 20 yildan beri shug‘ullanishini aytadi. U muqaddam bir necha marotaba sudlangan. Yuzlab odamlarni chuv tushirib, ularning mol-mulkini talon-taroj qilgan. U oxirgi bor 2013 yil 6 yil 7 oy muddatga ozodlikdan mahrum etilgan edi. Amnistiya sabab uning o‘talmay qolgan 4 yili axloq tuzatish ishlariga almashtiriladi. 

Uyushgan jinoyatchilar Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi uylarning birida ijaraga yashib kelayotgani aniqlangan. Uyda 11 kishidan iborat jinoiy guruh istiqomat qilgan. 

Tezkor guruh tomonidan jinoiy guruhni ushlash jarayonida xodimlarga oshxona jihozlari bilan tan jarohati yetkazilgan. 
 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

firibgarlik jinoyat

Baholaganlar

214

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing