IIVda muhim tayinlovlar amalga oshirildi

Jamiyat

image

Ichki ishlar vazirining jazoni ijro etishni ta’minlash va harbiy tuzilmalar bo‘yicha o‘rinbosari tayinlandi.

General-mayor Bahodir Yo‘ldoshevich Mirzarahimov ichki ishlar vazirining jazoni ijro etishni ta’minlash va harbiy tuzilmalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Bahodir Mirzarahimov tayinlovga qadar Ichki ishlar vazirligi Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta’minlash qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimida faoliyat yuritgan.

Shuningdek, polkovnik Bahrombek Qahramanovich Adilov Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi lavozimini egalladi.

Avvalroq, polkovnik Hasan Botirov Ichki ishlar vazirligi Qorovul qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimiga tayinlangani xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

IIV tayinlov

Baholaganlar

151

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing