Ichki ishlar vaziriga yana ikki nafar o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

Rustam Mirzayev Ichki ishlar vazirining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari bo‘ldi, Diyorbek Sattorov esa Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari – Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining matbuot kotibi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni va qarori bilan Rustam Ravshanovich Mirzayev O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘i o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan Diyorbek Ne’matjonovich Sattorov O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari – Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlangan. Tayinlovga qadar Diyorbek Sattorov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligi bo‘yicha departamenti sho‘’ba mudiri lavozimida ishlagan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rustam Jo‘rayev O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari – Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlangandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni lavozimidan ozod etilgan edi.

Shuningdek,  Botir Qudratxo‘jayev O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari – Tezkor qidiruv departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlangandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimidan ozod etilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rustam Mirzaev Diyorbek Sattorov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar