Ertaga ayrim hududlarda havo harorati +42 dan oshadi

Jamiyat

image

Kun qizdirgandan qizdiryapti. Hatto, sovutgichlarning kuchi yetmayapti quyosh taftiga qarshi turishga. Ertaga, 26 iyun kuni yanada issiqroq bo‘lishi kutilmoqda. 

Chorshanba kuni ba’zi hududlarda havo harorati 42 darajagacha ko‘tariladi. Bu haqda Gidrometeorologiya markazi bong urmoqda. 

Xususan, ana shunday ob-havo  Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida kuzatilishi qayd etilgan. Ularda kunduz kuni havo harorati +37... +42, kechasi +20... +25 daraja bo‘lishi mumkin.

Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo harorati kunduzi +35... +40 darjagacha ko‘tarilishi, kechasi +19... +24 daraja bo‘lishi mumkin.

Farg‘ona, Andijon, Namangan va Toshkentda havo harorati +37... +39 issiq, kechasi +20...+22 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Yog‘ingarchilik kutilmaydi, shamol tezligi o‘rtacha 3-8 metrni tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Ob-havo

Baholaganlar

53

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing