Ichki ishlar organi xodimlariga qarshilik ko‘rsatgan 19 yoshli yigit 15 sutkaga qamaldi
3-sahifa
−
09 fevral 2023
6709Ijtimoiy tarmoqlarda Ichki ishlar organi xodimlari tomonidan fuqaro olib ketilayotgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 5 fevral kuni 2004 yilda tug‘ilgan fuqaro Shayxontohur tumanidagi “Malika” savdo majmuasi oldida IIO xodimlarining qonuniy talablarini bajarmasdan, ularga qarshilik ko‘rsatgan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 194-moddasi (“Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik”) alomatlari bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
“Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumani sudi tomonidan unga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi