Ichki ishlar xodimi xotinini 6 marta o‘q uzib o‘ldirdi

3-sahifa

image

Qirg‘izistonda sobiq ichki ishlar xodimi turmush o‘rtog‘ini o‘ldirganlikda gumonlanmoqda. U ilgari Bishkek Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasida faoliyat yuritgan U.B. bo‘lib, ayni vaqtda hibsga olingan. Bu haqda mahalliy nashrlar yozmoqda. 

Jinoyat kecha, 23 dekabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 21:40 da poytaxtning Bokonbayev va Ibraimov ko‘chalari kesishmasidagi ko‘p qavatli uyda sodir bo‘lgan. 

Favqulodda vaziyatlar xizmatiga halokatli hodisa haqida qo‘ng‘iroq kelib tushgan, shundan so‘ng voqea joyiga tergov guruhi va Sverdlovsk tuman Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati yuborilgan. 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 1978 yilda tug‘ilgan U.J. (ayol) va 1977 yilda tug‘ilgan U.B. (erkak) o‘rtasida janjal kelib chiqqan. Erkak ayolga olti marta o‘q uzgan. U o‘q jarohatlaridan voqea joyida vafot etgan. 

E’tiborli jihati shundaki, oila hodisa sodir bo‘lgan kunda qonuniy ajrashgan bo‘lgan, ajrim jarayonidan keyin ayol va erkak o‘rtasida janjal kelib chiqqan. Shuningdek, o‘sha kuni ayolning tug‘ilgan kuni bo‘lib, u 47 yoshni qarshilagan. Juftlikning ikki farzandi bo‘lgan. 

Gumonlanuvchi U.B. politsiya xodimlari tomonidan hibsga olingan va Bishkek Ichki ishlar bosh boshqarmasining vaqtinchalik saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan. Jinoyat sodir etilgan paytda u mast bo‘lganligi aniqlangan. OAV o‘z manbalariga tayanib xabar berishicha, marhum ilgari politsiyaga oilaviy zo‘ravonlik haqida ariza bergan. 

Ushbu hodisa Qirg‘iziston Respublikasi Jinoyat kodeksining 122-moddasi (“Qotillik”) bo‘yicha ro‘yxatga olingan. Jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Jinoyat Qirg'iziston Qotillik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing