Ichki ishlar xodimi IIB binosida o‘zini otib qo‘ydi
3-sahifa
−
28 noyabr 2022 30383 1 daqiqa
Xorazm viloyatining Yangiariq tumani Ichki ishlar bo‘limi xodimi xizmat quroli bilan o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Yangiariq tuman IIB xodimi U.R. 22 noyabr kuni tuman IIB binosida xizmat quroli orqali o‘z joniga qasd qilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, U.R.ning o‘z joniga qasd qilishiga oilaviy kelishmovchilik oqibatida kelib chiqqan ruhiy siqilish sabab bo‘lgan.
Holat yuzasidan Yangiariq tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tekshiruv viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025