Ibrohim Raisiy Samarqandga yetib keldi
Jamiyat
−
14 Sentabr 2022
7859Bugun, 14 sentyabr kuni Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy Samarqandga yetib keldi. Samarqand aeroportida uni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Oliy darajadagi O‘zbekiston – Eron muzokaralari bugunning o‘zida bo‘lib o‘tadi. Davlat rahbarlari ikki tomonlama hamkorlikning keng ko‘lamli masalalarini ko‘rib chiqadi. Bu – Eron yetakchisining so‘nggi 20 yildagi ilk tashrifidir.
Uchrashuv yakunida savdo, kooperatsiya, innovatsiyalar, transport, energetika, turizm va boshqa yo‘nalishlarda hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.
Ibrohim Raisiy Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashinining majlisida ham ishtirok etadi.
Avvalroq Mo‘g‘uliston Prezidenti va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi O‘zbekistonga yetib kelgani haqida xabar bergan edik.
Eslatib o‘tamiz, ayni kunlarda Samarqand ulkan siyosiy voqealar taraddudida. Ertadan oliy darajadagi tashriflar boshlanadi. 15-16 sentyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining 22-majlisi bo‘lib o‘tadi.
LiveBarchasi