Ibrohim Raisiy Isroil va AQSHni sud qilishga chaqirdi

Olam

image

Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy xalqaro sudni G‘azo sektorini o‘qqa tutgani uchun  Isroil va AQSHni jazolashga chaqirdi. Bu haqda u Ar-Riyodda bo‘lib o‘tgan Islom hamkorlik tashkilotining navbatdan tashqari sammitida ma’lum qildi

“Sionist va amerikalik jinoyatchi yetakchilarni ta’qib qilish va jazolash uchun xalqaro sud tashkil etish zarur”, deydi Eron Prezidenti.

Raisiy bundan tashqari, G‘azo sektorini rekonstruksiya qilish uchun maxsus jamg‘arma tashkil etish zarurligini ham qayd etgan. Unga ko‘ra, yana, anklavda mahalliy aholini o‘ldirishni bas qilish, Isroil armiyasini u yerdan zudlik bilan olib chiqib ketish va barcha siyosiy hamda iqtisodiy cheklovlarni to‘xtatish zarur. 

Eronning “Tasnim“ agentligi xabar berishicha, Ibrohim Raisiy G‘azoni qo‘llab-quvvatlovchi shu kabi o‘nta taklifni ilgari surgan. 

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov ham Ar-Riyodda bo‘lib o‘tgan Islom hamkorlik tashkilotining navbatdan tashqari sammitidagi nutqida xalqaro hamjamiyat G‘azo sektorida tinch aholiga qilingan hujumlarni keng miqyosda qoralashi kerakligini ta’kidlagan edi. 

Mazkur sammitda qatnashgan Qozog‘iston tomoni G‘azo sektori aholisiga oziq-ovqat bilan bog‘liq gumanitar yordam dasturini amalga oshirish uchun Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha Islom hamkorlik tashkilotidan foydalanishni taklif qilgandi


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Eron sammit Falastin-Isroil Isroil G'azo Ibrohim Raisiy Islom hamkorlik tashkiloti Ar-Riyod xalqaro sud

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing