Ibn Sino haqidagi film Indoneziyada namoyish etildi

Bu qiziq

image
0:00
0:00
download
Kecha, 12 aprel kuni Indoneziya Milliy kutubxonasida Abu Ali ibn Sino hayot yo‘lini aks ettiruvchi  "Sharqdan nur"  hujjatli filmining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston “Dunyo” axborot agentligi xabar bergan. Taqdimot O‘zbekistonning Jakartadagi elchixonasi tomonidan tashkil etilgan.

Xabarda keltirilishicha, film “Antara” Indoneziya Milliy axborot agentligi tomonidan indonez tiliga tarjima qilingan.

Premera avvalida Indoneziya Milliy kutubxonasi direktori Muhammad Sharif Bando nutq so‘zladi:

“Abu Ali ibn Sino yetuk olim va zamonaviy tibbiyotning otasi. Ko‘p odamlar Abu Ali ibn Sino asarlarini bizning kutubxonamizda o‘rganmoqda, ammo rostini aytganda, bu buyuk olimning tug‘ilgan joyi O‘zbekiston ekanligini hamma ham bilmaydi. Shu sababli, bugungi tadbir Abu Ali ibn Sinoning Vatani haqida ko‘proq ma’lumot berganidan juda xursandman”.

Premera  doirasida kutubxona fondida saqlanayotgan Abu Ali ibn Sinoning barcha asarlari ko‘rgazmasi tashrif buyuruvchilarga taqdim etildi.

“Sharqdan nur” hujjatli filmi namoyishi hafta oxirigacha davom etadi.

Ma’lumot uchun, "Sharqdan nur" filmi Shuhrat Mahmudov boshchiligida suratga olingan bo‘lib,  unga qomusiy olim sifatida jahonga mashhur Ibn Sinoning buyuk mutafakkir Abu Rayhon Beruniy bilan tanishuvi asos qilib olingan. Kinolavhalar O‘zbekiston, shuningdek, Eron, Fransiya va Rossiyada tasvirga olingan. Ibn Sino rolini iste’dodli yosh aktyorlar Hasan va Husan Solihovlar ijro etgan.

Kamola Adhamova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

47

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing