IBA o‘smirlar mundialini tikladi

Sport

image

8 yillik tanaffusdan so‘ng Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionatini tikladi. Bu haqda IBA o‘z rasmiy saytida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, shu yil noyabr oyida 16 yoshgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasida jahon chempionati Armaniston poytaxti Yerevan shahrida o‘tkaziladi. Janglar 13 ta vaznda tashkil etiladi.

“Yerevan allaqachon bir nechta yirik tadbirlarga mezbonlik qilgan va IBA boks bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionati alohida e’tibor qaratilishiga to‘liq ishonadi”, deydi tashkilot bosh kotibi Kris Robert.

Mazkur yosh toifasidagi jahon birinchiligi so‘nggi marta 2015 yilda Sankt-Peterburgda o‘tkazilgandi. Hozircha chempionat noyabrning aynan qaysi sanalarida o‘tkazilishi ma’lum qilinmagan. 


Maqola muallifi

Teglar

boks Armaniston IBA

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing