“Humo Arena” muz saroyi 15 mart kuni ochiladi

Jamiyat

image

Avvalroq, 2017 yildan buyon poytaxt Toshkentda qurilayotgan “Humo Arena” ko‘p tarmoqli muz saroyi joriy yilning bahor oylarida ochilishi rejalashtirilayotgani haqida xabar bergan edik. Ma’lumotlarga qaraganda, sport majmuasining ochilish sanasi aniq bo‘lgan. Mazkur zamonaviy muz saroyining ochilishi 15 mart kuni bo‘lib o‘tishi mo‘ljallanyapti. Bu haqda “Xalq so‘zi” yozmoqda.

Ochilish marosimiga MDH davlatlaridan oliy martabali mehmonlar kelishi kutilmoqda.

Avvaliga ko‘p funksiyali muz saroyini 2018 yilning uchinchi choragida foydalanishga topshirish mo‘ljallangan edi. Keyin bu muddat 2018 yilning oxiriga ko‘chirildi.

Markaziy arena o‘ziga 12 ming kishini sig‘dira oladi. Bu yerda qishki sport turlari (xokkey, short-trek, figurali uchish va kyorling) bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish, ko‘rgazmalar hamda forumlar tashkil etish rejalashtirilgan.

Kompleks yetti qavatdan iborat bo‘lib, ulardan biri yer ostida joylashadi. Umumiy maydoni 82,2 ming kv. metr, balandligi 40 metr. Uning yaqinida 1600 ta avtomobil uchun mo‘ljallangan to‘rt qavatli turargoh bunyod etilyapti.

Loyihaga Germaniya, Rossiya, Avstriya, Ispaniya, Fransiya, Italiya va boshqa davlatlardan o‘nga yaqin sherik kompaniyalar taklif etilgan. Ular metall konstruksiyalari, akustika, o‘rindiqlar, muz, kommunikatsiyalar va boshqa yo‘nalishlarda faoliyat olib borishmoqda.

Loyihaning umumiy qiymati 1,5 trln so‘m bo‘lib, shundan 185 mln AQSH dollarini xorij investitsiyasi tashkil etadi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Humo arena

Baholaganlar

80

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing