“Humo arena”dagi tarbiyasiz tik-tokerlar konserti bekor qilindi
Madaniyat-san’at
−
06 dekabr 2021
53001Avvalroq, 18-25 dekabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan “O‘zbekiston yoshlari forumi” “Humo arena” kompleksida "Tik Tok Fest" shou-konsert dasturi bilan yakunlashi kutilayotgani haqida xabar bergan edik. Ko‘plab tanqidlar, jamoatchilikning e’tirozlaridan so‘ng, ushbu shou dasturi bekor qilindi. Bu haqda Yoshlar ishlari agentligi Matbuot xizmati rahbari Nodir Abduqodirov ma’lum qilmoqda.
Uning qat’iyat bilan ta’kidlashicha, “Humo arena” rejalashtirilgan xorijiy tik-tokerlar ishtirokidagi konsert o‘tkazilmaydi.
“Ijtimoiy tarmoqlarda 2021 yil 25 dekabr kuni poytaxtimizdagi “Humo arena” saroyida xorijiy tik-tokerlar ishtirokida konsert bo‘lib o‘tishi haqida xabarlar paydo bo‘ldi va jamoatchilikning keskin noroziligiga uchradi.
Mazkur vaziyat bo‘yicha o‘rganishlar olib bordik va konsert bekor qilinganligini ma’lum qilamiz.
“Humo arena” mas’ullarining ma’lumot berishicha aynan shu kuni saroyda boshqa tadbir o‘tkaziladi”, deb yozadi o‘z bayonotida Abduqodirov.
Eslatib o‘tamiz, 25 dekabr kuni rossiyalik 6 nafar tik-toker ishtirokida "Tik Tok Fest" shou-konsert dasturi o‘tkazilishi rejalashtirilgandi. Unda ishtirok etuvchi tik-tokerlar Anya Pokrov, Vanya Dmitriyenko, Danya Miloxin, Anet Say, Artur Babich, Yegor Ship asosan ijtimoiy tarmoqda sharq qadriyatlari va tarbiyasiga zid, ommaviy madaniyat niqobi ostidagi, shuningdek besoqolbozlikni targ‘ib qiluvchi ayrim chiqishlari bilan “tilga tushgan”.
LiveBarchasi