Besoqolbozlik targ‘ibotchilari Toshkentda konsert berishi ortida kim turibdi?

Madaniyat-san’at

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning 25 dekabr kuni Toshkentdagi "Humo Arena" kompleksida rossiyalik 6 nafar tik-toker ishtirokida "Tik Tok Fest" shou-konsert dasturi o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Unda ishtirok etuvchi tik-tokerlar Anya Pokrov, Vanya Dmitriyenko, Danya Miloxin, Anet Say, Artur Babich, Yegor Ship asosan ijtimoiy tarmoqda sharq qadriyatlari va tarbiyasiga zid, ommaviy madaniyat niqobi ostidagi, shuningdek besoqolbozlikni targ‘ib qiluvchi ayrim chiqishlari bilan “tilga tushgan”. Shu bois ushbu shou dasturi jamoatchilik faollari tomonidan tanqidlarga sabab bo‘lmoqda. Ko‘pchilik shouning tashkil etilishida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligini ayblamoqda. O‘z navbatida Madaniyat vazirligi mazkur konsertning tashkiliy ishlari, jumladan litsenziya berishda ham ishtirok etmagani xususida bayonot bilan chiqib, tashkilotchilarni ushbu masalaga jiddiy yondashishga chaqirdi. 

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF- 6044-son Farmoni 2-ilovasi 32-bandiga muvofiq, konsert-tomosha tadbiriga bir martalik ruxsatnoma berish vakolatli bo‘lgan — Ichki ishlar vazirligi, Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi. Shu asosda, konsert-tomoshalarning saviyasi, mazmun-mohiyati, g‘oyasini tahlil qilish, tomosha bo‘yicha yakuniy xulosalar berish ham Mahalliy ijroiya hokimligi huzurida tashkil etilgan tuzilmaning vazifasi hisoblanadi.

Shuningdek, yuqoridagi kabi shou-konsert tomoshalarini tashkil etish Madaniyat vazirligi tomonidan emas, xususiy tadbirkorlar tomonidan amalga oshiriladi.

Shu bois, Madaniyat vazirligi "Tik Tok Fest" shou-konserti yuzasidan barcha savol va mulohazalarni yuqorida keltirib o‘tilgan vakolatli mutassaddi organlarga yo‘llashni tavsiya qiladi.

Darhaqiqat, O‘zbekiston hududida o‘tkaziladigan har qanday madaniy-ma’rifiy tadbirlar, shou-tomoshalar hamda konsert dasturlari o‘zbek xalqi milliy mentaliteti, axloqiy tarbiyasi, tarixan boy madaniyati, yoshlar dunyoqarashi bu kabi shou-dasturlarni aslo qabul qilmaydi. Madaniyat vazirligi "Tik Tok Fest" shou-konsertini ma’naviy jihatdan yoshlar ongiga, dunyoqarashiga salbiy ta’sir etadi, deb hisoblaydi. Zero, bir necha ming yillardan buyon shakllanib, qon-qonimizga singib ketgan insoniy fazilatlar, odob-axloq me’yorlari ta’sirida paydo bo‘lgan tarbiyamiz ham buni rad etadi”, deyiladi vazirlik bayonotida.

QALAMPIR.UZ’ga oid ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 18-25 dekabr kunlari Toshkentda “O‘zbekiston yoshlari forumi” bo‘lib o‘tadi. Forumning asosiy tashkilotchilari qatorida esa Yoshlar ishlari agentligi va Toshkent shahar hokimligini ko‘rish mumkin. Yoshlar forumining so‘nggi kuni esa ajnabiylarning millatimizga yot chiqishlari va ongosti g‘oyalari singdirilgan "Tik Tok Fest" shou-konsert dasturi bilan yakunlanishi rejalashtirilgan bo‘lsa, ne ajab. 


Maqola muallifi

Teglar

Madaniyat vazirligi

Baholaganlar

5485

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing