“Human” nashri bilan bog‘liq holatga Mass-media fondi munosabat bildirdi

Jamiyat

image

Avval xabar berganimizdek, bugun, 27 yanvar kuni O‘zbekistonda rasman ro‘yxatdan o‘tgan “Human” internet-nashri direktori Xurshid Daliyev, sayt bosh muharriri Muslim Mirzajonov o‘zini “organ xodimlari” deb tanishtirgan shaxslar tomonidan olib ketilgan edi. Holat yuzasidan Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi munosabat bildirdi.

“Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi “Human” internet nashri jurnalistlarining qo‘lga olinishi bilan bog‘liq vaziyatdan xavotirda. Huquq-tartibot idoralari tomonidan ushbu masala bo‘yicha izoh berilishini kutamiz hamda jurnalistlar xavfsizligi, shuningdek, ularning professional faoliyatiga qonuniy munosabatda bo‘lish ta’minlanishini so‘raymiz”, deyiladi rasmiy bayonotda.

Ta’kidlash joiz, ayni paytda “Human” nashrining sayti ishlamayapti. Huquq-tartibot organlaridan rasmiy izoh berilganicha yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing