“HUMAN” bandlik agentligi rahbarining uylari, avtomobillari, mol-mulki olib qo‘yildi
Jamiyat
−
11 dekabr 2019
8594Avvalroq, “HUMAN xususiy bandlik agentligi” MCHJ mansabdor shaxslariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining firibgarlik moddasi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari yakunlangani haqida xabar bergan edik.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi “HUMAN xususiy bandlik Agentligi” MCHJ rahbari Sh.Fayzullayevga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari yakunlanib, jinoyat ishi bo‘yicha ayblov xulosasi Toshkent viloyat prokuraturasi tomonidan bugun, 11 dekabr kuni tasdiqlanib Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudiga yuborilganini ma’lum qilmoqda.
Qayd etilishicha, jabrlanuvchilarga yetkazilgan zarani qoplash maqsadida ayblanuvchi Sh.Fayzullayevga tegishli bo‘lgan xonadonlar, avtomashinalar, kimmatbaho mol-mulklar xatlangan va naqd pullar olinib, IIV depozit hisob raqamiga topshirilgan.
Mazkur jinoyat ishidan jabrlanuvchilarga zararni to‘liq qoplash maqsadida “HUMAN xususiy bandlik agentligi” MCHJ mansabdor shaxslari tomonidan fuqarolardan olingan juda ko‘p miqdordagi pul mablag‘lari 11 ta xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga turli-xil yo‘llar bilan ko‘chirish orqali o‘zlashtirilgan qismi tadbirkorlik sub’ektlari va boshqalarga nisbatan jinoyat ishini qo‘zg‘atgan xolatda alohida ish yurituvga ajratilgan.
Hozirda tergov va sudda ko‘rilayotgan jinoyat ishlari doirasida hamma jabrlanuvchilarga yetkazilgan zararlarni qoplash choralari ko‘rilmoqda.
LiveBarchasi