HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan texnologiya haqida tasavvuringizni o‘zgartiradi
Biznes
−
17 iyun 4048 3 daqiqa
Tasavvur qiling: siz qo‘lingizda tutgan bitta qurilma orqali bir vaqtning ozida ishxonangizning vazifalarini bajaryapsiz, oilangiz bilan muloqot qilyapsiz, serial tomosha qilyapsiz, suratga olasiz va o‘yin o‘ynaysiz. Bo‘lishi mumkin emas deysizmi? Bu — ro‘yo emas, siz bunday qulaylikni faqat HUAWEI Mate XT bilan amalga oshirasiz.
.jpg)
Uch ekranli imkoniyat
HUAWEI Mate XT – bu dunyodagi yagona uch karra bukiluvchi smartfon. U bir qaraganda ixcham ko‘rinadi, ammo ochilganda – 10.2 dyuymli ultra keng ekran hizmatingizga hozir bo‘ladi. Ish, muloqot, media – hammasi bir joyda. Qurilmaning ekranlari bir ekran, ikki ekran va uch ekran rejimida ishlaydi, bu esa sizga bir vaqtning o‘zida naq uchta ishni bajarishga imkon degani.

XMAGE kamera – lahzalarni xotiraga muhrlang
Hayot kutilmaganda eng go‘zal kadrlarni taqdim etadi. XMAGE kamera tizimi esa ularni professional darajada saqlab qoladi.
- 10 bosqichli diafragma
- Periskopik zum
- Ultra keng burchakli ob’ektiv
Bularning barchasi — hayotingizda bo‘layotgan har bir lahzani tiniq, yorqin va hissiyotli ko‘rsatish uchun.

Ko‘rinish ham muhum!
Qurilma korpusi ekoteri bilan qoplangan. Bu nafaqat estetik ko‘rinish, balki amaliy qulaylikni o‘zida jamlagan: u qo‘lingizdan sirpanib ketmaydi.
Hullaskalom, HUAWEI Mate XT — bu nafaqat aqlli telefon, balki aqlli tanlov.
Texnologiya olamidagi yangiliklarni e’tiborsiz qoldirmaydiganlar uchun ajoyib xushxabar: endilikda O‘zbekistonda ilk bor HUAWEI kompaniyasining premium darajadagi yangi flagman smartfoni – HUAWEI Mate 70 Pro taqdim etilmoqda. U o‘zining betakror dizayni, kuchli texnik imkoniyatlari va zamonaviy sun’iy intellekt (AI) tizimlari bilan yuqori darajadagi foydalanuvchilar ehtiyojini to‘liq qondira oladi.

Texnologiyaning yangi cho‘qqisi – HUAWEI Mate 70 Pro

Go‘zallik va mustahkamlik bir telefonda
HUAWEI Mate 70 Pro'ning birinchi qarashdayoq e’tiborni tortadigan jihati – bu klassik orbital kamera halqasi va kompozit shisha tolali korpus bilan uyg‘unlashgan nafis dizayndir. Uning har bir detali nafaqat estetik, balki funksional jihatdan ham mukammal ishlangan. Kunlun Glass 2 avlodi bilan himoyalangan displey – bu shunchaki ekran emas, bu kundalik hayotingizda sizni xotirjam tutadigan eng ishonchli hamroh. U yiqilish va zarbalarga chidamli bo‘lib, ekran xavfsizligini yangi bosqichga olib chiqadi.
.jpg)
Har qanday sharoitga mos – suv ostida ham!
HUAWEI Mate 70 Pro – bu haqiqiy sodiq hamroh. IP68 darajadagi suvga chidamlilik sizga hatto 6 metrgacha bo‘lgan chuqurlikda ham hech qanday xavotirlarsiz smartfondan foydalanish imkonini beradi. Endi dam olish yoki ekstremal sayohatlarda telefoningizdan qayg‘urmasangiz ham bo‘ladi.
Sun’iy intellekt – siz uchun
HUAWEI Mate 70 Pro'ning AI tizimi – bu maxfiylik va qulaylikni birlashtirgan innovatsion yechim. Masalan, agar sizga kelgan xabarni boshqa birov ko‘rmoqchi bo‘lsa, ekran avtomatik tarzda bildirishnomalarni yashiradi. Aynan sizga mo‘ljallangan AI funksiyasi yordamida siz soat yoki smart gadjet orqali xabarlarga real vaqt rejimida javob bera olasiz.

Haqiqiy premium sovg‘a – yaqinlaringiz uchun eng yaxshi tanlov
HUAWEI Mate 70 Pro – bu nafaqat telefon, bu status, bu e’tibor. Ushbu qurilma yaqin insoningizga mehr va hurmatingizni ifodalovchi mukammal sovg‘a bo‘la oladi.

Endi O‘zbekistonda!
HUAWEI Mate XT seriyasidagi bu flagman smartfon O‘zbekistonda ilk bor taqdim etilmoqda. Qurilmani Toshkent shahri Afrosiyob ko‘chasi 28/14 manzilida joylashgan rasmiy HUAWEI Brand Shop’dan xarid qilishingiz mumkin. Shuningdek, Toshkentdan tashqarida yashovchi xaridorlar uchun ham bizning ishonchli hamkorlarimiz do‘konlarida ushbu mahsulot mavjud.
.jpg)
Qo‘shimcha ma’lumot va yangiliklar uchun rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
Manzil: Tashkent, Mirabod tumani, Afrosiob ko‘chasi 28/14
Telegram: HuaweiMobileUz
Instagram: HuaweiMobileUz
Sayt: Huawei
Reklama huquqi asosida
Live
Barchasi