Huawei kompaniyasi iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash uchun bir qator loyihalarni ishga tushirdi

Biznes

image

Ta’lim sohasiga va yoshlarning ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy yetishga doimiy ye’tibor qaratgan holda, Huawei kompaniyasi O‘zbekistondagi ta’lim muassasalarida bir qator loyihalarni ishga tushirdi.

Huawei kompaniyasi yetti yildan buyon mamlakatda amalga oshirilib kelayotgan har yilgi “Seeds for the Future” ta’lim loyihasiga start berdi. Global flagmanlik o‘quv dasturi birinchi marta 2008-yilda Tailandda o‘tkazilgan yedi va bugungi kunga kelib, dunyoning 130 ta mamlakati va mintaqasidan 9000 nafar talabani o‘z ichiga qamrab oldi. Har yili loyiha doirasida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) ning 10 nafar talabasi Xitoyga ikki haftalik amaliyotga borib, AKT yechimlari bo‘yicha chuqur bilim olishdi va Xitoy madaniyati va urf-odatlarini o‘rganishdi.

Dunyodagi yepidemiologik vaziyat tufayli 2020-yilda loyiha onlayn-formatga o‘tdi, bu yesa IT-texnologiyalarga qiziqqan yoshlarni loyihaga ko‘proq qamrab olish imkonini berdi. O‘tgan yili TATU’ning barcha filiallaridan bo‘lgan ishtirokchilardan tashqari, Toshkentdagi INHA universiteti talabalari va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari maktabi o‘quvchilari ham dasturga qo‘shilishdi.

Bu yil “Seeds for the Future” loyihasi bir vaqtning o‘zida IT yo‘nalishidagi 5 ta universitet – TATU, INHA, Amity universitetlari, shuningdek Yeoju va Turin politexnika institutlari talabalarini o‘zida birlashtiradi. Loyiha joriy yilning noyabr oyida Huawei kompaniyasining Toshkentdagi ofisida shtab-kvartiraning ko‘magida gibrid formatda bo‘lib o‘tadi. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi AKT maktabi o‘quvchilari ham 2021-yilgi dasturga qo‘shilishadi va maxsus tashkil yetilgan Hakatonda ishtirok yetishadi.

Huawei oliy ta’lim muassasalari bilan bir qatorda, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti qoshidagi “International House Tashkent” akademik litseyining ham uzoq muddatli hamkori hisoblanadi. Joriy yilning aprel oyida Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi rahbariyati “International House Tashkent” litseyi va “Oliy iqtisodiyot maktabi” Milliy tadqiqot universiteti tomonidan hamkorlikda ochilgan Iqtidorlarni aniqlash markazining ochilish marosimida ishtirok yetdi. Markaz faoliyatiga ilg‘or raqamli texnologiyalarni joriy yetish maqsadida Huawei “jonli” muloqot samaradorligini saqlab qolgan holda masofaviy darslar, ma’ruzalar va kengashlarni bemalol o‘tkazish imkonini beruvchi Ideahub aqlli doskasini sovg‘a qildi.

Huawei, shuningdek, xitoy tili chuqur o‘rganiladigan 59-sonli ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabiga bir necha yildan buyon doimiy ravishda ko‘mak berib kelmoqda. 2017-yilda, 59-maktabda, maktab ta’lim tizimiga “smart” texnologiyalarni joriy yetish bo‘yicha pilot loyihasi amalga oshirilgan yedi, o‘tgan yili yesa, kompaniya muassasaning texnik jihozlanganlik darajasini yaxshilash maqsadida maktab o‘quvchilariga noutbuklar, smart televizorlar, printerlar kabi ofis texnikalarini hadya qildi. 2021-yil 12-oktyabrda 59-maktab rahbariyati va Huawei kompaniyasi xitoy tilini yeng yaxshi bilish bo‘yicha maktab o‘quvchilari o‘rtasida iqtidorlilarni aniqlash uchun ko‘rik-tanlov o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida Memorandum imzoladilar. Oktyabr va noyabr oylarida o‘quvchilar loyiha g‘oliblarini aniqlash uchun ijodiy topshiriqlarni bajaradilar.

“Kompaniyamiz uchun O‘zbekistonda ta’lim loyihalarini o‘tkazish va qo‘llab-quvvatlash barqaror rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Biz “Seeds for the Future” loyihasi yoki AKT bo‘yicha “Huawei Cup” mintaqaviy musobaqalaridagi kabi, raqamli kadrlarni tayyorlash uchun IT sohasidagi ilg‘or bilimlarni yoshlar bilan bo‘lishishga, shuningdek, IT sohasidan tashqari boshqa turli yo‘nalishlarda ham, jumladan, 59-maktab va “International House Tashkent” litseyi bilan hamkorlikda yosh iqtidorlarni qo‘llab-quvvatlashga intilyapmiz. Hozirgi tirishqoqlik va bilimga intilish kelajakda kuchli kadrlar zahirasi uchun poydevor bo‘lib xizmat qiladi”, – deya ta’kidladi Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi direktori Forrest Lyu.

 

Reklama huquqi asosida.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

8

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing