Akmal Saidov dunyo miqyosida yangi lavozimga tayinlandi
Jamiyat
−
05 fevral 2020
29187Parlamentlararo Ittifoq boshqaruv organlarining yangi tarkibini shakllantirish doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov ushbu Ittifoq Ijroiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, shuningdek, uning moliya bo‘yicha kichik qo‘mitasi a’zosi etib tayinlandi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar bermoqda.
O‘zbekiston vakili birinchi bor 2020-2023 yilda Parlamentlararo Ittifoq Ijroiya qo‘mitasi a’zosi sifatida qayd etildi. Ushbu qaror tashkilotning Belgradda (Serbiya) bo‘lib o‘tgan Assambleyasi paytida qabul qilingan. O‘shanda Akmal Saidov nomzodi Parlamentlararo Ittifoqning Yevroosiyo guruhi tomonidan ilgari surilgan va tashkilotga a’zo davlatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullangan.
Ma’lumot uchun, Parlamentlararo Ittifoq dunyo davlatlari parlamentlarining asosiy xalqaro organi bo‘lib, 1889 yilda tashkil etilgan. Hozirgi kunda tashkilotga 179 mamlakat parlamenti a’zo. Parlamentlararo Ittifoq Ijroiya qo‘mitasi 18 kishidan tarkib topgan bo‘lib, ular tashkilotning 6 ta geosiyosiy guruhini ifodalaydi va uning ma’muriy organ sifatidagi vazifalarini bajaradi.
Qayd etish joiz, A.Saidov O‘zbekistonda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar e’tirofi sifatida 2023 yilning oktyabr oyiga qadar Parlamentlararo Ittifoq Ijroiya qo‘mitasi vitse-prezidenti, shuningdek, 2020-2021 yillar uchun moliya bo‘yicha kichik qo‘mita a’zosi etib tayinlandi.
LiveBarchasi