Saidova xonim maddohlik haqida: “Men buni laganbardorlik deb atagan bo‘lardim”
Intervyu
−
01 fevral 2020
16507Yuristlar malakasini oshirish markazi ilmiy xodimi, yuridik fanlar doktori Lola Saidova QALAMPIR.UZ jurnalistining jamiyatda oxirgi vaqtlar ko‘p kuzatilayotgan maddohlik masalasida bergan savoliga quyidagicha javob qaytardi.
“Men bu holatni maddohlik demayman, buni laganbardorlik deb atagan bo‘lardim. Buni to‘g‘ri aytishimiz kerak. Jamiyatda tanqid, to‘g‘ri va xolis fikr bo‘lmasa, u rivojlanmaydi. Kimgadir yoqmaganligi uchun, odamlarning shunday fikri borligi uchun ularni tazyiqqa solish, ularni yomon otliqqa chiqarish amaliyotidan voz kechishimiz kerak. Hamma bir xil fikrlamaydi. Turfa xil fikrli, qiziqishli insonlar jamiyatida yashaymiz. Ularning barchasi bir xil fikrlashi, bir xil tushunishi, bir xil maqtashi – bu notabiiy holat hisoblanadi.
Ba’zilar aytadi, tanqidni konstruktiv qil. Ho‘p, tanqid konstruktiv bo‘lmasa-chi? Nima kimgadir og‘ir botib qoladimi? Har bir inson kamchiligi bo‘lsa, o‘z kamchiligi ustida ishlashi kerak”, deydi Lola Saidova.
Ma’lumot o‘rnida, Lola Saidova taniqli yurist, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikerining o‘rinbosari Akmal Saidovning rafiqasidir.
LiveBarchasi