Xorijlik mutaxassis TATU rektoriga maslahatchi bo‘ldi

Jamiyat

image

Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti dekani Sirelchuk Igor Nikolayevich Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori maslahatchisi etib tayinlandi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Texnika fanlari nomzodi, dotsent Sirelchuk Igor Nikolayevich 2019 yilning 1 martidan TATU rektori maslahatchisi lavozimida ish boshladi.

Igor Sirelchuk 1985-1990 yilda Minsk radiotexnika oliygohini tamomlagan. 2017 yildan hozirgi kunga qadar Belarus davlat informatika va radioelektronika universitetida dekan lavozimida faoliyat yuritib kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

TATU Igor Sirelchuk

Baholaganlar

15

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing