Merkel koronavirusga test topshirdi. Natijalar ma’lum
Olam
−
24 mart 2020
2032222 mart kuni uy karantiniga olingan Germaniya Federativ Respublikasi kansleri Angela Merkel koronavirus infeksiyasiga test topshirdi. Natijalar esa salbiy. Bu haqda Germaniya Vazirlar Mahkamasi rasmiysi Shteffen Zaybert ma’lum qilgan.
Hozircha unda koronavirus aniqlanmadi, biroq u yana takroriy test topshiradi. Takroriy testga qadar kansler karantinda qolishda davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftaning juma kuni kansler Angela Merkelni emlab qo‘ygan shifokorda koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Bu xabarni eshitgan Merkel 22 mart kuni idorasidan uy karatiniga jo‘nadi.
Merkel uy karantinida bo‘lgan holda kanslerlik vakolatlarini o‘zida saqlab qolib, faoliyatini masofaviy davom ettirmoqda.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr