Xorazmda yap-yangi yuk mashinasi yonib ketdi

Jamiyat

image

Xorazm viloyati Hazorasp tumani Pitnak shahrida Polshadan keltirilgan MAN rusumli yuk avtomobili yonib ketdi. Bu haqda Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati xabar bermoqda. 

Voqea joriy yilning 1 mart kuni sodir bo‘lgan. Hazorasp tumani Pitnak shahri Sheyxlar mahallasida yashovchi 1966 yilda tug‘ilgan Sh.R.ning uyi oldida o‘z nomiga rasmiylashtirilgan yuk mashinasi yonib ketgan. Tranzit raqami 807069 bo‘lgan (davlat raqami olinmagan) yuk avtomobilining yoqilg‘i saqlash sig‘imini ta’mirlash vaqtida chaqnash sodir bo‘lgan.

Chaqnash natijasida Sh.R. va qo‘shnilari – 1964 yilda tug‘ilgan S.R, 1988 yilda tug‘ilgan Q.R. va 2016 yilda tug‘ilgan N.Q.lar kuyish jarohati bilan yong‘in o‘chirish ekipajlari yetib borgunga qadar shifoxonaga olib ketilgan. 

Chaqnashdan hosil bo‘lgan yong‘in oqibatida  yuk avtomobili kabinasining tashqi va saloni qismi qisman hamda yoqilg‘i sig‘imlaridan biri yonib zararlangan. Yong‘inni bartaraf etishga 2 ta yong‘in o‘chirish ekipaji jalb etilgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘indan yuk avtomobilining qolgan qismilari saqlab qolingan. 

Chaqnash va yong‘inning kelib chiqishiga avtomobil yoqilg‘i sig‘imini elektr payvandlash vaqtida yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilmagani sabab qilib ko‘rsatilmoqda.  Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
 


Maqola muallifi

Teglar

Yong'in Xorazm

Baholaganlar

90

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing