Xorazmda Nexia va Damas to‘qnashdi. Qurbonlar bor 

Jamiyat

image

2019 yilning 10 mart kuni Xorazm viloyatidagi “Shovot-Qo‘shko‘pir” avtomobil yo‘lida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida ikki kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Xorazm viloyat IIB xabar berdi.

Qayd etilishicha, 10 mart kuni soat 12:00 larda “Shovot-Qo‘shko‘pir” avtomobil yo‘lining 72 kilometrida o‘zaro qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan, shovotlik 1974 yilda tug‘ilgan B.U. boshqaruvidagi Nexia avtomashinasi va 1983 yilda tug‘ilgan N.J. boshqaruvidagi Damas avtomashinasi ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Yo‘l-transport hodisasi natijasida har ikkala avtomashina haydovchilari olgan tan jarohatlari natijasida hodisa joyining o‘zida halok bo‘lishgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

YTH Xorazm

Baholaganlar

35

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing