“HONOR OVOZI” tanlovining g‘olibi ma’lum bo‘ldi
Biznes
−
12 noyabr 2023
5806Bir necha hafta oldin HONOR texnologik kompaniyasi “HONOR OVOZI” (“Mamlakatning noyob ovozi”) loyihasini e’lon qilgan edi. Joriy yilning 6 noyabr kuni mazkur tanlov yakunlanib, natijalar sarhisobi bo‘lib o‘tdi hamda g‘olibning ismi e’lon qilindi.
Aytilishicha, tanlovda 10 mingdan ortiq O‘zbekiston fuqarolari ishtirok etgan. Ular ovoz tembri, brend nomini to‘g‘ri talaffuz qilish va xarizma borasida bellashgan. Natijalarga ko‘ra, Qo‘qon shahridan Muzaffarjon Ne’matov finalgacha yetib kelgan ishtirokchilar orasida ustunlikni qo‘lga kiritgan. G‘olibni ma’qullab umumiy hisobda 751 kishi ovoz bergan, jami ovoz berishda 1 800 dan ziyod kishi qatnashgan.
“Notiqlik va suxandonlik mening xobbiyim. Yaqinda bir tanishim HONOR kompaniyasi o‘z slogani uchun noyob ovoz qidirayotgani va tanov e’lon qilgani haqida aytib qoldi. Men ham yangicha yo‘nalishda o‘zimni sinab ko‘rishga qaror qildim va bugun g‘oliblik nasib qildi. Ushbu loyihaning tashabbuskori bo‘lgan HONOR kompaniyasiga va ovoz berib qo‘llab quvvatlagan xalqimizdan minnatdorman!”, deydi Muzaffarjon Ne’matov.
G‘olibga mukofot sifatida HONOR mahsulotlari to‘plami taqdim etilgan. HONOR X9a, HONOR X8a, HONOR X7a va HONOR 90 smartfonlari, bir juft HONOR Choice Earbuds X3 Lite quloqchinlari hamda Magicbook X14 2023 noutbuki shular jumlasidadir. Endilikda g‘olibning ovozi butun mamlakat bo‘ylab brendning reklama roliklari va internet-materiallari yakunida yangraydi.
HONOR kompaniyasining O‘zbekistondagi direktori Chen Longning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda iqtidorlilar ko‘p bo‘lib, HONOR ularga o‘z imkoniyatlarini kashf etishga yordam berishda intiladi.
“Jamoamiz barcha ishtirokchilarning ovoz yozuvlarini bir necha martadan tinglab, g‘olibni saralab olishga juda puxta yondashdi. Men o‘zim ham har bir nomzodga ovoz berdim. Natijada Muzaffar eng ko‘p ovoz to‘pladilar. Men g‘olibni chin dildan tabriklayman, hamda HONOR va O‘zbekiston xalqi qatnashadigan yana yangi loyihalarni kutib qolaman”, deydi u.
HONOR kompaniyasi haqida
HONOR O‘zbekiston bozoriga 2021 yilda kirib keldi. Kompaniyaning O‘zbekistonga kirib kelishidan asosiy maqsad aholini yuqori sifatli va ishonchli mahsulot bilan ta’minlash hisoblanadi. Kompaniya oradan ko‘p vaqt o‘tmay O‘zbekistonda bir necha hamkorlar bilan ishlarni yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi. Ayni damda mazkur kompaniyaning mahsulotlarini O‘zbekistonning barcha hududlarida uchratish mumkin.
HONOR ko‘plab ilg‘or texnologiyalarda kashfiyotchi bo‘lib, smartfonlar hamda boshqa intellektual qurilmalar bilan ta’minlab kelmoqda. Har bir HONOR smartfoni qat’iy sifat nazoratiga ega bo‘lib, chiqarilishidan oldin 400 dan ziyod test va 20 dan ortiq global sertifikat standartlaridan o‘tadi. Hozirgi kunga qadar HONOR 3 mingdan ziyod xizmat ko‘rsatish markazi va 43 ta aloqa markaziga ega. Kompaniya ular orqali 82 tadan ziyod bozorda mijozlarga oliy toifali va samarali xizmatlar taqdim etib kelmoqda.
Ijtomoiy tarmoqdagi sahifalar:
Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring https://www.hihonor.com/uz/
Instagram'da yangiliklardan xabardor bo‘ling
Reklama huquqi asosida
LiveBarchasi